To‘rt qoida
Muallif: Shayx Muhammad ibn Abdulvahhob
«Bilingki, Alloh sizni O‘ziga itoat qilishga muvaffaq etsin, pok va to‘g‘ri din — Ibrohimning dini Allohga ixlos bilan, dinni faqat Uning O‘ziga xos qilib ibodat qilishdir».
«Ibodatga shirk aralashsa, u buziladi va bekor bo‘ladi. Bu xuddi kichik tahoratsizlik — hadas tahorat holatini buzganiga o‘xshaydi».
«Ibodatga aralashgan shirk uni buzib, amalni bekor qilishini va buni qilgan kishi do‘zaxda abadiy qolishini anglab yetganingda, Alloh seni ushbu tuzoqdan — Unga shirk keltirishdan — qutqarishi umidida bu masalani o‘rganish sen uchun eng muhim narsa ekanini tushunasan».
To‘rt qoida
«Allohning Rasuli ﷺ jang qilgan kofirlar Alloh Yaratuvchi, Rizq beruvchi, hayot beruvchi, o‘lim keltiruvchi va barcha ishlarni boshqaruvchi Zot ekanini tan olgan edilar. Biroq bu e’tiroflari ularning Islom diniga kirishlari uchun yetarli bo‘lmadi».
«Ular: “Biz ularga faqat duo qilamiz va ular bizni Allohga yaqinlashtirishlari hamda biz uchun shafoat qilishlari umidida ularga yuzlanamiz. Aslida, biz ulardan emas, Allohdan istaymiz. Lekin U Zotdan ular orqali shafoat so‘raymiz va ular vositasida Unga yaqinlashishga intilamiz”, der edilar».
«Payg‘ambar ﷺ ibodat turlari bir-biridan keskin farq qiladigan insonlar orasida paydo bo‘ldilar. Ulardan ba’zilari quyosh va oyga, ba’zilari farishtalarga, yana ba’zilari daraxtlar va toshlarga ibodat qilar edilar».
«Bizning zamonamizdagi mushriklarning shirki avvalgilarning shirkidan ham og‘irroqdir. Qadimgi mushriklar qiyinchilik paytida Allohga ixlos bilan ibodat qilar, farovonlik paytida esa Unga shirk keltirar edilar. Ammo bizning zamonamizdagi mushriklar har doim — farovonlikda ham, qiyinchilikda ham — shirk qiladilar».
Ulug‘ va pok Alloh yaxshiroq biladi. Muhammadga, u zotning oilalariga va sahobalariga salavot va salomlar bo‘lsin.